Bosh ekranYechimlarHamkorlarKontaktlar

VR Soft orqali mijozlaringizga orzularidagi uyni his qildiring va sotuvlarni 40% tezlashtiring!

Oddiy rasmlar faqat 50-60% tasavvur bersa, VR loyihani 99% aniq ko‘rsatib, mijoz ishonchini oshiradi va qaror qabul qilishni tezlashtiradi.

Soha bo’yicha yechimlar

🔴 Muammo 1: Mijozlar loyiha haqida to‘liq tasavvurga ega emas!

Statistikaga ko‘ra, mijozlarga loyiha oddiy JPG rasm orqali taqdim etilganda, ular faqat 50-60% tushunishga ega bo‘lishadi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi, sotuvlar esa kechikib boraveradi.


✅ Yechim:

🚀 VR Soft yordamida mijozlarni 99% real taassurot bilan tanishtiring! Ular uy ichida yura oladi, makon va o‘lchamlarni his qiladi. Natijada mijozlar tezroq qaror qabul qiladi, siz esa investitsiyalaringizni 30% tezroq qaytarib olishingiz mumkin!

🔴 Muammo 2: Namunaviy uylar qurish qimmat va cheklangan!

Sotuv bo‘limlarida namunaviy uylar qurish o‘rtacha $30,000 - $40,000 talab qiladi. Lekin, bu ham yetarli emas – real kvadraturalarni 100% ko‘rsatishning imkoni yo‘q.


✅ Yechim:

🛠 VR Soft orqali istalgan kvadraturani,
🏗 Qurilish bosqichida (karobka holatida)
🎨 To‘liq interyer dizayn holatida
ko‘rsatishingiz mumkin!

Natija? 🔥 Xarajatlaringizni 75% gacha tejaysiz!

🔴 Muammo 3: Mijozlar turli sabablarga ko‘ra sotuv bo‘limiga kela olmaydi!

Ko‘plab potensial mijozlar vaqt yetishmovchiligi yoki logistika muammolari sababli sotuv bo‘limiga yetib kelmaydi. Natijada, bu mijozlarning katta qismi sotuv jarayonidan chiqib ketadi.


✅ Yechim:

📍 Endi siz mijozlaringizning oldiga borishingiz mumkin! VR Soft yordamida mijoz ofisida, uyida yoki istalgan joyda taqdimot qilish imkoniga ega bo‘lasiz! Bu esa qo‘shimcha 5% sotuv konversiyasini olib keladi!

🚀 Sotuv jarayonida inqilob qiling!

🔹 1️⃣ Mijozning vaqti cheklanganmi?
✨ Muammo emas!
Siz ularga o‘z joylarida, bir necha daqiqa ichida orzu qilgan uylarini ko‘rish imkoniyatini berasiz!
Bunday emotsional taqdimot mijozlar ongida kuchli taassurot qoldiradi va ularni tezroq qaror qabul qilishga undaydi!

🔹 2️⃣ Istalgan joyda sotuv bo‘limingizni yarating!
VR Soft yordamida siz sotuv bo‘limini quyidagi joylarda ham tashkil qilishingiz mumkin:

🏢 Aeroportlar
🏬 City Mall’lar
📍 Istalgan viloyatlarda
🏠 Ko‘chmas mulk ko‘rgazmalarida

Mijozlaringiz uyingizdan chiqmasdan, to‘liq immersiya orqali loyihani his qilishlari mumkin!

📌 Muammo:

• Mijozlar renderlarni tushunmaydi, faqat rasmga qarab qaror qabul qilish qiyin.
• Dizaynga o‘zgartirishlar kiritish jarayoni uzoq davom etadi.
• Ishonchsizlik sabab mijoz dizaynga shubha qiladi.

✅ Livein VR Soft Yechimi:

• Mijoz loyihani oldindan VRda to‘liq aylanib ko‘rishi mumkin.
• O‘zgartirishlar real vaqt ichida kiritiladi, tezkor fikr-mulohaza olinadi.
• Dizaynerlar o‘z ishlarini premium segmentda taqdim eta oladi.

Interaktiv boshqaruv texnologiyasi

🖥

Sensor va klaviatura orqali boshqarish

Loyihani sensor ekran yoki klaviatura yordamida bemalol boshqarish imkoniyati.

🎯

Muhim zonalarni tezkor ko‘rish

Bolalar maydonchasi, parkovka yoki boshqa zonalarni bitta tugma bilan ko‘rsatish.

🔍

Aqlli filtr va navigatsiya

Bo‘sh va bron qilingan uylar, narxlar, xonalar va planirovkalar bo‘yicha tezkor qidiruv.

🌅

Smart yorug‘lik boshqaruvi

Quyosh chiqishi va botishi vaqtida loyihaning tabiiy yorug‘lik ta’sirini ko‘rish.

📍

Joylashuv va atrof-muhit ko‘rinishi

Loyihaning shahardagi aniq joylashuvi va atrofidagi infratuzilma bilan tanishish.

🏡

VR orqali erkin sayr qilish

Mijozlar loyihaning interyer va eksteryerini virtual reallikda his qilishlari mumkin.

Livein VR soft qanday qiymat beradi?

1Oxirgi iste'molchi nima oladi?

Iste'molchilar bizning xizmatlarimiz orqali uyni to'liq ko'ra olishadi. Ular qurilishi tugallanmagan loyihani emas, balki uyning yakuniy ko'rinishini ko'rib, o'zlarini kelajakdagi uy egalari sifatida his qilishadi. Bu ular uchun juda kuchli emotsional tajriba bo'lib, sotib olish qarorini osonlashtiradi. Bu ularning qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi.

2Sotuvchi konsultant nima oladi?

Sotuvchi konsultantlar uchun bizning texnologiyamiz sotuv jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Endi ular oddiy rasm yoki chizma orqali emas, balki realistik, interaktiv VR ko'rinishida uyni ko'rsatishadi. Bu mijozlarga taqdimotning sifatini oshirib, ularni sotib olishga ko'ndirish imkoniyatini ko'paytiradi. Natijada, sotuvchi konsultantlar ko'proq uylarni sotadi va ko'proq daromad olishadi.

3Marketing nima oladi?

Marketing bo'limi uchun bizning texnologiyamiz marketing strategiyasini yangi bosqichga olib chiqadi. Endi siz mijozlarga oddiy reklama emas, balki haqiqiy tajriba taqdim etasiz. Mijozlar uyni virtual tarzda ko'rib, his qilishadi, bu esa marketingning samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, mijozlarning sotuv bo'limlariga borib ko'rishlariga hojat qolmaydi, mijozlar VR orqali o'z makonlarida to'liq loihani ko'rib chiqishlari mumkin. Bu marketingda qiziqarli va innovatsion instrument bo'lib xizmat qiladi.

4Quruvchi kompaniya nima oladi?

Quruvchi kompaniya uchun bizning texnologiyamizning asosiy afzalligi sotuv jarayonini tezlashtirishdir. Siz odatda uylarni 24 oyda sotasiz, lekin biz bu jarayonni 16 oygacha qisqartirishimiz mumkun. Bu esa sizga kapitalingizni tezroq olish va yangi loyihalarni boshlash imkoniyatini beradi.

Hamkorlar

tushlar vodiysi
chinara park
nrg
akfa
murad buildings